Pirotexnika va tamaki mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

    Umumiy bahosi 33,9 million soʻmlik pirotexnika buyumlari hamda qiymati 31,8 million soʻmlik 2 970 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ushlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan Toshkent shahar YHXB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Namangan viloyatidan kelgan O.Yu.ning boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, jami 243 dona «Zimniy les», «Novыy vek», «Volk», «Karnavalnaya noch» va «Supper prazdnik» nomli umumiy bahosi 33,9 mln soʻmlik pirotexnika buyumlari hamda qiymati 31,8 mln soʻmlik 2 970 quti «Milano» va 460 quti «Zumret» nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) va 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.