Murojaatlar Piskent tuman hokimligi va sektor rahbarlariga yo'llangan bo'lib, ularda o'z sog'lig'ini tiklash, oilasiga moddiy yordam ko'rsatish kabilar keltirilgan. Bu haqida tuman hokiimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu murojaatlar mas'ullar tomonidan o'rganib chiqilgan. "Temir daftar","Ayolar daftari"da ro'yxatga olingan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko'p farzandli, nogironligi bo'lgan shaxslar va yolg'iz qariyalar, o'z daromadini yo'qotgan vaqtincha ishsiz bo'lgan shaxslarni moddiy qo'llab-quvvatlash maqsadida Xalq deputatlari tuman kengashining 70-sessiyasi qarori bilan 119 nafar fuqaroga "Mahalla" jamoat fondi huzuridagi "Saxovat va ko'mak" jamg'armasidan 136 million 600 ming so'm moddiy yordam ajratildi.