Olingan natijalar shuni koʻrsatadiki, shahar transporti tariflari ehtimoliy 10 foizga oʻsishining bevosita taʼsiri natijasida INI (isteʼmol narxlari indeksi) 0,081 foiz punktiga oshadi.

“Global pandemiya davrida karantin cheklovlari joriy etilishi natijasida transport xarajatlarining oshdi. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot konferensiyasi hisob-kitoblariga1 koʻra, Covid-19 tufayli yuk tashish tariflarining oshishi 2022-yilda ham yuqori boʻlib qolishi jahon isteʼmol narxlarini qoʻshimcha 1,5 foiz punktiga oshishiga olib keladi.  

Ekonometrik tahlil natijalari shahar transport tariflari ehtimoliy 10 foizga oshishining isteʼmol narxlari indeksiga bilvosita taʼsiri uning toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiriga nisbatan juda yuqori ekanligini koʻrsatadi.
transport xizmatlari narxlarining oʻsishi INI tovar va xizmatlar savatining bir qator boshqa tovar pozitsiyalari narxining oshishiga taʼsir etgan.  

Respublika isteʼmol bozorining tovar guruhlari oʻrtasidagi barqaror bogʻliqliklar aniqlandi.  

Transportga nisbatan bunday bogʻliqliklar “Un va non mahsulotlari”, “Goʻsht va goʻsht mahsulotlari”, “Shakar” tovar guruhlari bilan mavjudligi aniqlandi. 

Shahar transporti tariflarining ehtimoliy 10 foizga oʻsishi hisobot davrida ushbu 3 turdagi mahsulot guruhlari uchun narxlarning mos ravishda 8,0 foiz punktiga, 4,5 foiz punktiga, 4,1 foiz punktiga qoʻshimcha oʻsishiga olib keladi. 

Bu texnologik bogʻliqliklar (yetkazib berish tarifining oʻsishi tufayli xarajatlarning oshishi) va psixologik omillar (inflyatsion kutilmalar) bilan bogʻliq boʻlishi mumkin”, deya izohlaydi tadqiqotchilar.