Bu haqda "Uzbekistan Airports" boshqaruv kompaniyasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Moskva — Toshkent — Moskva yoʻnalishi boʻyicha parvozlar har kuni “Boeing” 737-800 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda aviatashuvchi Moskva — Samarqand — Moskva, shuningdek, Sankt-Peterburg — Samarqand — Sankt-Peterburg yoʻnalishi boʻyicha har kuni parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

“Pobeda” — Rossiyaning “Aeroflot — Rossiya havo yoʻllari” guruhiga qarashli loukoster aviakompaniya, shtab-kvartirasi Vnukovo aeroportida(Moskva) joylashgan.