Elchixonamiz vakillari Podshoh Fahd nomidagi milliy kutubxona faoliyat bilan yaqindan tanishdi. Shu yerda arab tilida chop etilgan Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari va Oʻzbekistonga oid 20 dan ziyod kitob taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.
Tadbirda yaqin vaqtlarda kutubxonada yangidan nashr etilgan “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” kitobi taqdimotini oʻtkazishga kelishib olindi.
Shuningdek, oʻzaro muloqotda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi bilan Podshoh Fahd milliy kutubxonasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolash taklifi oʻrganildi.
Oʻz navbatida, Saudiya Arabistoni tomoni ushbu taklifni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.