10 aprel kuni Toshkent – Andijon yo'nalishida harakatlanayotgan 62-sonli yo'lovchi poezdiga noma'lum shaxs tomonidan tosh otildi. Ushbu voqea soat 22:25 da "Oltiariq – Marg'ilon" uchastkasining 244-kilometrida sodir bo'lgan.
Poezdning 6-vagonidagi oynani yorib o'tgan tosh 9 yoshli yo'lovchining bosh qismiga urilgan. Zudlik bilan jabrlangan yo'lovchiga birinchi tibbiy yordam ko'rsatilgan.
Ushbu holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ axborot xizmati