Yaqin vaqt oraligʻida Polshaga kirishga Rossiya, Xitoy, Singapur, Serbiya, Gabon, Sen-Tome va Prinsipiga ruxsat berilishi mumkin, deb xabar beradi PAP axborot agentligi.

Shu bilan birga epidemiologik holat tufayli fuqarolariga Polsha hududiga kirishga ruxsat boʻlmagan mamlakatlar roʻyxati ham kengaytiriladi. Bu yerda Belgiya, Ispaniya, AQSH, Hindiston, Filippin va Fransiya Polineziyasi toʻgʻrisida soʻz yuritilyapti. Taqiq olgan mamlakatlar soni jami 63 taga yetgan.

Eslatamiz, Rossiya Federatsiyasi Hukumati pandemiya tufayli 27-martdan chet ellarga charter va doimiy parvozlarni toʻxtatgan. 1-avgustdan esa Rossiya Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniya bilan aviaqatnovlarni tiklagan. 15-martdan esa Shveysariya, Chernogoriya va Qirgʻizistonga ham rossiyaliklar uchun yoʻllar ochilgan. Undan tashqari Rossiya- Abxaziya chegaralaridan oʻtishdagi chegaralanishlar bekor qilingan.