Jumladan, 2020-yilning 18-noyabr kuni poytaxt hokimligida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining transport va sanoat qoʻmitasining navbatdagi hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda avtomobil yoʻllari tarmogʻini saqlash va avtomobil transportining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash, avtomobil yoʻllarida katta hajmli va ogʻir vaznli transport vositalarining harakatlanishida vazn va hajm parametrlarini samarali nazorat qilishni tashkil etish orqali avtomobil yoʻllarining taʼmirlararo muddatlargacha buzilishining oldini olish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-may kunidagi “Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 337-sonli Qarori ijrosi muhokama qilindi.
Toshkent shahar IIBB YHXB rahbariyati va masʼullari tomonidan mazkur qaror ijrosi doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan taklif va tavsiyalar ilgari surilib, deputatlar muhokamasidan oʻtkazildi.