Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan oʻtuvchi Bobur koʻchasidagi koʻprikning taʼmirlanish jarayonida ichimlik suv tarmogʻini koʻchirib oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi.

Shu sababli 2023-yil 17-apreldan 19-aprel soat 9:00 gacha shahrimizning 4 ta tumanida ichimlik suvi taʼminoti toʻxtatildi.

Sergeli tumanida: Joʻnariq, Noʻgʻoyqoʻrgʻon, Qubaytepa, Yuqori Darxon, Qut-baraka, Sugʻdiyona, Qumariq, Oltinvodiy, Uchuvchilar va Bunyodobod mahallalarida.

Yangihayot tumanida: Viqor, Al-Fargʻoniy, Chorbogʻ, Yoʻldosh, Yangi Choshtepa, Choshtepa, Chortoq, Iqbol, Fayzli va Toshkent mahallalarida.

Yakkasaroy tumanida: Boshliq, Qushbegi mahallalarida va Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, A.Qahhor koʻchalarida.

Mirobod tumani: Temiryoʻlchilar, Zaminobod, Birodarlik mahallalarida.

Ichimlik suvi toʻxtatilgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.