Lekin bugun turli radikal va ekstremistik gʻoyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlarimiz ongini zaharlashga urinyapti. Faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib boʻlmasligi taʼkidlandi.
Maqsad – adashganni toʻgʻri yoʻlga qaytarish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish.
Bundan buyon poytaxtning har bir tumanida “Qaytaruv guruhlari” faoliyati doimiy asosda tashkil qilinadi.
Ushbu guruhlarga Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti, Oʻzbekiston Milliy universitetining yetuk mutaxassislari jalb qilinadi. Guruh aʼzolari moddiy ragʻbatlantiriladi.