Unga koʻra, 185,85 balldan yuqori koʻrsatkichga erishgan 233 nafar abituriyent Prezident grantiga daʼvogarlik qiladigan boʻldi.
Bunda 200-oʻrindagi abituriyent bilan bir xil ball toʻplagan barcha abituriyentlar ushbu grantga daʼvogarlik qilishadi. Natijalarga koʻra, 185-oʻrindan 233-oʻringacha abituriyentlar bir xil 185,85 ball toʻplashgan, shu sababli barchasi Prezident grantiga daʼvogarlik qilishadi.
Shuningdek, respublika boʻylab jami 75 nafar abituriyent eng maksimal 189 ball toʻplashdi.
Eslatib oʻtamiz, Prezident grantini olganlar garchi kontraktga kirgan boʻlsa ham davlat granti asosida oʻqishadi.
Prezident grantiga daʼvogarlik qilayotgan abituriyentlarning 73 nafari Toshkent davlat yuridik universitetiga toʻgʻri keladi.
Maʼlumot oʻrnida, ushbu natijalar koronavirusga chalingan yoki test kuni isitmasi yuqori boʻlgan abituriyentlar uchun oʻtadigan qoʻshimcha test sinovlaridan keyin oʻzgarishi mumkin.