Yaʼni 2035-yilgacha zararli gazlar emissiyasini 50 foizga qisqartirishni oldimizga maqsad qilib qoʻydik», – dedi Prezidentimiz.

Bu borada Jahon banki bilan dunyoda ilk innovatsion «ICRAFT» loyihasi boshlandi. Uning doirasida Oʻzbekiston tomonidan kamaytirilgan 23 million tonna issiqxona gazi hisobga olindi. Xalqaro darajada uglerod birliklari savdosini amalga oshirishga kirishildi.

Shu yilning oʻzida 17 ta yirik sanoat korxonasi “yashil” energiya boʻyicha xalqaro sertifikatlar tizimiga oʻtdi. Kelgusi ikki yilda bunday korxonalarning soni 100 taga yetkaziladi.

Prezidentimiz qoʻshni davlatlar bilan yagona energetika bozorini yaratish boʻyicha sheriklik mustahkamlanganini qayd etdi.

Mintaqamizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanib, birgalikda boshqarish maqsadida kelgusi yili Qirgʻiziston va Qozogʻiston bilan «Qambar-ota GES-1” loyihasini moliyalashtirishga kirishamiz.
Shu oʻrinda Yevropaga elektr energiyasini eksport qilish boʻyicha “yashil yoʻlak” loyihasi doirasida yaqindan hamkorlik qilayotgan Ozarbayjon va Qozogʻiston rahbariyatining qatʼiy saʼy-harakatlarini alohida eʼtirof etmoqchiman», – dedi Prezidentimiz.