Test sinovlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi va 2 smenada oʻtkaziladi, deya xabar beradi DTM axborot xizmati..

Bunda test sinovlari quyidagi vaqtlarda boʻlib oʻtadi:

5-6-sinflar uchun – 21-avgust 07:00 da;

9-10-sinflar uchun – 21-avgust 19:00 da;

7-8-sinflar uchun – 22-avgust 07:00 da.

Faqatgina Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida boʻlib oʻtadigan test sinovlari barcha sinflar uchun 22-avgust kuni soat 07:00 da oʻtkaziladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari talab etiladi.

Test sinovi boʻlib oʻtadigan stadion va xiyobonlar roʻyxati va ularning geolokatsiyalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi quyidagi stadion va xiyobonlarda boʻlib oʻtadi:

  • Qoraqalpogʻsiton Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni (geolokatsiya);
  • Andijon viloyati – Sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi stadioni 3-sektor (geolokatsiya);
  • Namangan viloyati – 17-bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga qarashli “Navbahor-umid” stadioni (geolokatsiya);
  • Fargʻona viloyati – Fargʻona davlat universiteti stadioni (geolokatsiya);
  • Fargʻona viloyatining Soʻx tumani – Soʻx tumanidagi 1-maktab stadioni (geolokatsiya);
  • Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi (geolokatsiya);
  • Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (geolokatsiya);
  • Surxondaryo viloyati – Termiz olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydoni (geolokatsiya);
  • Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashgʻulotlar maydoni 2-sektor (geolokatsiya);
  • Jizzax viloyati – “Soʻgʻdiyona” markaziy oʻyingohi sunʼiy qoplamali mashgʻulot maydoni (geolokatsiya);
  • Navoiy viloyati – Navoiy shahridagi “Kimyogar” oʻyingohi (geolokatsiya);
  • Samarqand viloyati – Samarqand shahar 2-son bolalar va oʻsmirlar sport maktabi stadioni (geolokatsiya);
  • Sirdaryo viloyati – Guliston markaziy oʻyingohi (geolokatsiya);
  • Toshkent shahri – Botanika bogʻi B, C va D sektorlar (geolokatsiya).