– 2019-yildan buyon va bu yil ham tashkilotimiz O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan birgalikda ishlab keladi hamda imtihon savollarini tayyorlash va o‘quvchilarni saralashda, natijalarni e’lon qilishda ishtirok etadi, dedi Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta’lim tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi Steve King. – Bu yilgi imtihonlarning 1-bosqichi uchun 8 ta turli xil variantlardagi savollar ishlab chiqildi. Bunda savollarning takrorlanmasligi va har smenada har xil savollardan foydalangan holda shaffoflikni ta’minlashga intildik.
Shuningdek, bu yilgi Prezident maktablari qabul imtihonlariga mazkur xalqaro tashkilotning ishtiroki yo‘qligi haqidagi xabarlar asossiz ekani ta’kidlangan.