Tadbir davomida Faol fuqarolar umummilliy festivaliga ham start berildi.
Festival besh kun mobaynida nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jami 2 mingdan ziyod ishtirokchilarni qamrab olishi nazarda tutilgan.
Festival “Yuksalish” umumilliy harakati tashabbusi bilan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegasiyasi, Qozog‘istonning fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assosiasiyasi (ARGO) va qator hamkorlar ko‘magida tashkil etildi.