Shavkat Mirziyoyev:

- 27 yil davomida tadbirkorlar koʻp qiynoqlarga, tekshiruvlarga uchragan, qamalgandi. Bu holat meni qiynardi, armonim boʻlgan. Birinchi kundan boshlab odamlarni insofga chaqirib, hamma tekshiruvlarni toʻxtatib qoʻyganimizni odamlarimiz, tadbirkorlarimiz sezyapti. Lekin koʻp joylarda yoʻl, suv, qurilish, tibbiyot, maktabgacha taʼlim sohasida korrupsiyaga yoʻl qoʻyilyapti. Peshona terimiz bilan mana shunday ogʻir va tahlikali zamonda, koronavirus pandemiyasi paytida iqtisodiyotimizni barqaror qilish, bir soʻm pulni topib xalqimizga yetkazish boʻyicha juda katta harakatlar qilyapmiz.

... Oʻzingizga (viloyat, tuman, sektor rahbarlariga qarata) savol beringlar, shunday paytda iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash azob ekanligini tushunyapsizlarmi?

Qonun ustuvor, jazo muqarrar boʻladi!

Bugun ham (xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish uchun) 500 million dollar ajratilyapti. Bu loyihalar ortidan necha ming yangi ish joyi tashkil qilinadi degani. Odamlarga manfaat boʻlmagan joylarga pullarni sarflashga yoʻl qoʻyilmaydi.