Xabaringiz bor, “Yosh kitobxon” tanlovi 2023-yilgi mavsumining respublika final bosqichi yakunlandi. Joriy yilning 15-fevral sanasidan boshlangan tanlovning final bosqichi 10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifalari oʻrtasida oʻtkazildi.

Har uchala yosh toifasi boʻyicha gʻoliblar bilan tanishing: 

• 10-14 yosh toifasida Muxammadiyeva Nargiza Ulmas qizi (Samarqand viloyati)

• 15-19 yosh toifasida Nurmatov Mironshoh Nuriddin oʻgʻli (Qashqadaryo viloyati)

• 20-30 yosh toifasida Soliyeva Gulxayo Mirzaakbar qizi (Toshkent shahar)