Yangi tariximizda ilk bor Bolgariya, Finlyandiya, Slovakiya, Serbiya, Iordaniya va Paragvay rahbarlarining Oʻzbekistonga tashriflari tashkil etildi.

“Markaziy Osiyo plyus” formatidagi koʻp tomonlama muloqotlar sermahsul boʻldi.

Soʻnggi yillarda 11 ta davlat bilan strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatilib, ularning umumiy soni 19 taga yetdi. Qozogʻiston, Ozarbayjon, Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari yoʻlga qoʻyildi.

«Ochiq, pragmatik, puxta oʻylangan va tashabbuskor tashqi siyosatimiz natijasida Oʻzbekiston global tinchlik va diplomatiya markazlaridan biriga aylanib boryapti», – dedi Prezidentimiz.

Xorijiy davlatlarda 2017-yildan buyon 16 ta yangi diplomatik va konsullik vakolatxonasi ochilib, ularning soni 60 taga, diplomatik aloqa oʻrnatilgan davlatlarning soni esa 165 taga yetdi.