Prezident maktablariga talab etiladigan hujjatlar:

•  Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma;

•  maʼlumotnoma shakli (direktor tomonidan  tasdiqlangan); 

•  3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan); 

•  baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);

•  pasport maʼlumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Ixtisoslashtirilgan maktablarga talab etiladigan qanday hujjatlar:

•  Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma;

•  3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan); 

•  baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);

•  pasport maʼlumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Shuningdek, agar ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgor xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida gʻolib (viloyat bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrin) boʻlgan boʻlsa, bu haqida tasdiqlovchi hujjat nusxasini yuklashi lozim. 

2022-2023-oʻquv yilida  Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Fargʻona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul boʻlib oʻtadi.

2022-2023 oʻquv yilida Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

aniq fanlar yoʻnalishiga 5-11-sinflarga

tabiiy fanlar yoʻnalishiga 7-11-sinflarga qabul boʻlib oʻtadi.