Ushbu jarayonni WCCE-2024 – Kreativ iqtisodiyot boʻyicha IV Butunjahon anjumanida ishtirok etayotgan xalqaro hamjamiyatning koʻmagisiz amalga oshirish imkonsiz boʻlar edi.
YUNKTAD va uning Bosh kotibi Rebeka Grinspan, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) va uning Bosh direktori oʻrinbosari Silvi Forban, Indoneziya Respublikasi Turizm va kreativ iqtisodiyot vazirligi hamda vazir Sandiaga Unoga hamkorlik va tashabbuslarimizni qoʻllab-quvvatlaganlari uchun samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Shuningdek, Qatar muzeylari raisi Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniyga va “Art of Heritage” bosh direktori, Qirollik oilasi aʼzosi malika Nura Olfaysal hazrati oliyalariga madaniy merosni asrab-avaylashda koʻrsatayotgan yordamlari uchun cheksiz ehtiromimni izhor etaman.
Kreativlik va innovatsiyalar mamlakat taraqqiyotida hal qiluvchi oʻrin tutadigan kelajakni yaratish yoʻlidagi Oʻzbekistonning maqsadlarini qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur, — deydi Saida Mirziyoyeva.