Unga koʻra:
oʻquv semestri yakunigacha boʻlgan muddatda sirtqi taʼlimda oʻqish mustaqil, shu jumladan, masofadan turib taʼlim olish shaklida amalga oshiriladi;
oʻquvchi har bir semestr davomida tasdiqlangan reja-jadval asosida kamida bir marta taʼlim muassasasiga oʻquv sessiyasiga chaqiriladi;
sirtqi va kechki taʼlimda masofadan turib oʻqitish oʻquvchilarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda amalga oshiriladi;
kechki taʼlimda oʻqish bir haftada 4-5 kundan iborat bo‘ladi.