Ma’lum qilinishicha, shifokor 4 million 300 ming so‘m pul evaziga fuqaroga nogironligi to‘g‘risida xulosa tayyorlab berishi kerak bo‘lgan. Shifokor dispanserda davolangani aytilayotgan fuqaroning kasallik tarixini to‘ldirib, uni ruhiy kasal sifatida qayd etgan.

Aslida fuqaro dispanserga kelmagan bo‘lsa ham, shifokor rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirib, xizmat xonasida 4,3 mln so‘m pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.