Oddiy qilib aytganda, oʻzimizda ishlab chiqarish bint, spirt, shpris, analgin va sitramondan nariga oʻtmayapti.

Dorilarni yashirin aylanmasi boʻyicha yetarli choralar koʻrilmayapti.

Dori vositalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish ishlari sustligi koʻrsatib oʻtildi.

“Ayniqsa, antibiotik qabul qilish ustidan nazorat umuman yoʻq. Protokollarga amal qilmasdan, “pul ishlash” uchun farm-kompaniyalar foydasiga retsept yozilyapti. Bundan xalqimizni sogʻligʻi ham, choʻntagi ham zarar koʻrayapti”, - dedi Prezident.

Yigʻilishda kasalga aniq tashxis qoʻyish va davolashda vrachlarning aksariyatida texnologik karta mavjud emasligi, ayrim protokollar esa eskirgani koʻrsatib oʻtildi. Poliklinika va shifoxonalarda xalq tabobati xonalari va fitobarlar tashkil qilish oʻz holiga tashlab qoʻyilgan.

Shu munosabat bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning Loyiha ofisiga xorijiy ekspertlarni jalb qilib, 300 ta klinik protokol va standartlarni xalqaro mezonlarga moslashtirish topshirildi.

Oilaviy shifokorlarga kasalligi yengil boʻlgan bemorlarni dori bilan emas, immunitetni koʻtaradigan tabiiy vositalar, jismoniy mashq va fitoterapiya bilan davolashni oʻrgatish muhimligi taʼkidlandi.