Ukrainaning Antarktidadagi Akademik Vernadskiy stansiyasi hududida qor oʻz rangini oʻzgartirdi. Bu haqda Milliy Antarktika ilmiy markazi maʼlum qildi.

Xabarlarga koʻra, qor rangi pushti va yashil rangga oʻzgargan.

“Bunday rangga kirish qor tagida mikroskopik suv oʻtlari rivojlanishi sabab yuz bergan. Suv oʻtlari haddan tashqari sovuq haroratdan qoʻrqmaydigan va uzoq qish davomida qorda yashay oladigan sporalar bilan koʻpayadi. Ob-havo sharoiti qulay boʻlganda, sporalar unib chiqa boshlaydi”, – deyiladi xabarda.