Bunday tanlov bir qarashda ahamiyatsiz, oddiy tuyulishi mumkin. Masalan deylik, odatdagidan ko‘ra ertaroq qahva ichish, qovurilgan kartoshka o‘rniga pyure iste’mol qilish, yoki umuman go‘sht yemaslik kabi qiyinroq tanlov bo‘lishi mumkin, deb yozadi vokrugsveta.ru.

Hozirda qandli diabet, haddan ziyod semirib ketish kabi kasalliklar noto‘g‘ri ovqatlanishdan yuzaga keladigan metabolik buzilish bilan bog‘liq. Diyetologlar salomatlikni yaxshilash uchun oziq-ovqat mahsulotlarini tanlash borasida tavsiyalarni ushbu omillarga ko‘ra tadqiqot olib borishdi.

“Nature” jurnali keyingi bir necha yil davomida diyetologiya sohasidagi eng qiziqarli va va muhim tadqiqot natijalarini havola etdi.

Dunyo bo‘yicha millionlar kishilar uchun kun bir finjon issiq qahva ichishdan boshlanadi. Umuman olganda, qahva va salomatlik o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘liq o‘rganilmagan, bu ko‘proq kuniga uch finjondan ko‘p qahva iste’mol qilishga tegishli.

Tadqiqotchilar qahva sog‘liqqa qanchalik ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishdi. Olimlar AQSHda 40 ming 725 nafar yoshi kattalar o‘rtasida salomatlik holati va ovqatlanish borasida milliy tadqiqot haqidagi batafsil ma’lumotlardan foydalanishdi. Aniqlanishicha, ishtirokchilarning uchdan bir qismi asosan yoki faqat tushlik vaqtigacha, ularning beshdan bir qismidan kamrog‘i esa kun davomida qahva ichishar ekan. Qolgan ishtirokchilar umuman qahva ichishmasligini aytishgan.

Yoshi, jinsi, sigaret chekish-chekmasligi, uyqu tartibi, qandli diabet va qon bosimi kabi jihatlarini inobatga olgan holda, tadqiqotchilar faqat ertalab iste’mol qilish (hatto qahvani umuman rad etishdan ham ko‘ra) – eng yaxshi variant degan xulosani bildirishgan.

Tushgacha qahva ichadigan odamlarda turli sabablar bilan o‘lim xavfi – umuman qahva iste’mol qilmaydiganlarga nisbatan 16 foizga, yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfi esa 31 foizga past ekan.

Olimlar taxminiga ko‘ra, kuning ikkinchi yarmida yoki kechqurun qahva iste’mol qilish uyqu, moddalar almashishi kabi ichki biologik jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Bunda organizmning melatonin garmon ishlab chiqarishi susayib, qon bosimi va yurak-qon tomir xastaliklari xavfini oshirishi ehtimoli oshadi.

Biroq, kun davomida qahva ichadiganlarda turli sabablar bilan o‘lim holati va yurak qon-tomir hastaliklardan o‘lim xavfi umuman qahva ichmaydiganlar bilan bir xil chiqdi. Na ertalabki, na kun davomidagi qahva iste’moli saraton tufayli o‘lim xavfiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasligini bildirdi.