Qalqonsimon bez kasalliklari endokrin kasalliklar orasida ikkinchi o'rinni egallaydi. Yod yetishmasligi qalqonsimon bez kasalligining rivojlanishiga olib keladi, homiladorlik paytida og'ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Qalqonsimon bez kasalliklari ruhiy zo'riqish, chekish, atrof-muhitning ifloslanishi va ba'zi dori vositalaridan kelib chiqishi mumkin. Rivojlanayotgan kasallik yuzning shishishi, teri rangi, tana vaznining o'zgarishi, umumiy holsizlik, terlash va ovqat hazm qilish tizimidagi buzilishlar orqali namoyon bo'ladi, deb xabar beradi mir24.tv.