«Qamchiq» dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

    Kecha, 7 mart kuni soat 14:30 da «Qamchiq» dovonida qalin qor yoqqanligi sababli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan zarur muhofaza tadbirlari natijasida soat 03:00 da «Qamchiq» dovoni avtomobillar harakati uchun to'liq qayta ochildi.

    eslatib o'tamiz, Favqulodda vaziyatlar vazirligi muvofiqlashtirishida, «O'zbekiston temir yo'llari» AJ va boshqa FVDT tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamkorligida aholiga qulaylik yaratish, ularni o'z manzillariga xavfsiz etib olishlari uchun vodiy viloyatlariga borishni rejalashtirgan yurtdoshlarimiz uchun, «Ohangaron» va «Angren» vokzallarida jadvaldan tashqari qo'shimcha 9 vagondan iborat temiryo'l reysi amalga oshirildi. Poezd «Ohangaron» temiryo'l vokzalidan 115 nafar yo'lovchi bilan «Angren» temiryo'l vokzali tomon harakatlandi. Temiryo'l reysining vodiy viloyatlaridan Toshkent shahri tomon harakati ham rejalantirilgandi.