“Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

    Joriy yilning 7-mart kuni soat 15:00 dan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

    Bu haqda IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati maʼlum qildi.

    «Qalin qor yoqqanligi sababli “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
    Maxsus texnikalar yordamida dovon yoʻlini qordan tozalash ishlari amalga oshiriladi.
    Transport vositalarining harakatiga ruxsat berilishi yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi», – deyiladi xabarda.