Bu haqda “Qamchiqavtoyoʻl” IYFUK Axborot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, A-373 “M-39 a/y-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali – Oʻsh” avtomobil yoʻlining 273-km qismida ogʻirliklarini nazorat qilish uskunalari bilan jihozlangan nazorat punkti 2022-yil 1-noyabr kuni soat 00:00 dan ish faoliyatini boshladi.

Haydovchilar ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda yuk ogʻirligi meʼyorini saqlagan xolda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalariga amal qilishi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.