“Bu haqda Qamchiqavtoyoʻl IYFK” DM xabar berdi.
Qayd etilishicha tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilib, dovonda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda
Avvalroq “Qamchiq” dovoni hududidan oʻtuvchi A373 avtomobil yoʻlining 254,6—258-kilometrlari oraligʻida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida burgʻilash va portlatish ishlari amalga oshirilishi sabab “Qamchiq” dovonida avtomobillar harakati cheklangan edi.