Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 8-yanvar kuni 8 kishidan iborat guruh Qamchiq dovonining taqiqlangan qismiga qorda uchish uchun sayohat qilgan.
Biroq, sayohatchilardan biri 31 yoshli erkak yoʻlning chetroq qismida selfi tushayotib yiqilib tushgan. Unga yordam berish uchun yoniga tushgan sherigi va oʻzining ustiga bir necha metrlik qor uyumi bosib qolgan. Natijada fuqarolar vafot etgan.
Hozirda marhumlarning (1993-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan ikki nafar erkak) oʻlimi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.