“MAZ” rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻlning oʻrtasidagi temir-beton toʻsiqqa urilgan. Bu vaqtda “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi “MAZ” yuk avtomashinasining ortidan toʻqnashmaslik uchun avtomobilni olib qochmoqchi boʻlgan, ammo old tomonida harakatlanib ketayotgan boshqa yuk avtomobiliga borib urilgan.
Bir necha daqiqadan soʻng FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boʻlimi xodimlari voqea joyiga yetib borib, jabrlanganlarni avtomobillar ichidan chiqarib oldi. FVV qutqaruvchilarining tezkor harakatlari natijasida jarohatlangan haydovchilar qutqarildi.
Jarohatlangan haydovchilarga birinchi yordam koʻrsatilib, Pop tumani shifoxonasiga yuborilgan. Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, ularning salomatligi joyida, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.