Yoʻllarda koʻrish masofasi 1500 metrni, shamol tezligi 8–18 m/s ni, havo harorati -1 darajani, namlik 60 foizni tashkil etmoqda.
Qor yogʻib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining toʻxtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini taʼminlash maqsadida “Qamchiqavtoyoʻl” IYFUK tomonidan yoʻl qoplamasida sirpanchiq boʻlmasligi uchun mashina-mexanizmlar yordamida yoʻllarni qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
“Qamchiqavtoyoʻl” IYFUK “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda barcha xavfsizlik choralarini koʻrishlarini tavsiya qiladi.