Harorat —1°S, namlik 79%, shamol tezligi 2–10 m/s, koʻrish masofasi 500 metr atrofida.
“Qamchi-avtoyoʻl IYFK” DM tomonidan yoʻl qoplamasida sirpanishning oldini olish maqsadida tun-kun qum-tuz aralashmasi sepish va yoʻllarni qordan tozalash ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda transport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
Tashkilot haydovchilardan ob-havo sharoitiga muvofiq ravishda tezlikni oshirmaslik, ora masofani saqlash va barcha xavfsizlik qoidalariga amal qilishni qatʼiy tavsiya qiladi.