“Qamchiq” dovonidagi avtoyoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga mumkin

    Oʻzgidromet tezkor gidrometrologik axborot tarqatdi: kuchli yogʻingarchilik, tuman, avtoyoʻlda yaxmalak va qor koʻchish xavfi

    2024-yil 16-17-fevral kuni A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtoyoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida qor yogʻishi, vaqti vagti bilan kuchli yogʻingarchilik va tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 m.gacha pasayishi, shamol tezligi 18 - 23 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga mumkin.

    Shuningdek, 16-22-fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida, qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

    Jumladan:

    - Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

    - Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

    -Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

    -Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

    - Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);

    - Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.