“Qamchiq“ dovonidan harakatlanayotgan haydovchilardan yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish soʻraldi

    Xavfsizlik 16 Fevral 2025 711

    Dovonda avtotransport vositalari toʻxtovsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida yoʻllar qordan tozalanmoqda. Haydovchilardan tezlikni meʼyordan oshirmasdan, oraliq masofa saqlab harakatlanish soʻraldi.

    Qayd etilishicha, A373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qoʻqon-Shaxrixon-Andijon“ avtomobil yoʻlining 81—177 km.lar oraligʻida qor yogʻmoqda. Tuman, havo harorati -5 daraja, yoʻllarda koʻrish masofasi 300 metrni, shamol yoʻq, namlik 87 % ni tashkil etmoqda.

    Qor yogʻib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining toʻxtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini taʼminlash maqsadida “Qamchiqavtoyoʻl IYFK“ DM tomonidan yoʻl qoplamasida sirpanchiq boʻlmasligi uchun mashina-mexanizmlar yordamida tunu-kun qum-tuz aralashmasi sepish va qordan tozalash ishlarini amalga oshirishmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

    “Qamchiqavtoyoʻl IYFK“ DM “Qamchiq“ dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʼyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini koʻrishni soʻradi.