баннер
2 Apr 2025
21:43

    “Qamchiq“ dovonidan harakatlanuvchi haydovchilar ogohlantirildi

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoʻl transport hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini koʻrishlarini soʻramoqda.

    Qayd etilishicha, “Qamchiq“ dovonida qor yogʻayotganligi sababli FVV, YPX va “Qamchiqavtoyoʻl“ IYFUK xodimlari hamkorligida yoʻlni qordan tozalash, muzlamalar hosil boʻlishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda.

    Shuningdek, FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yoʻlda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam koʻrsatilmoqda. Shu bilan birga xohlovchi yoʻlovchilar uchun FVVning isinish maskanlari tashkil etilgan.

    Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech