Qanday mahsulotlar allergiya chaqiradi?

    Kuchli allergenlar kundalik ratsionda, ko'pincha allergik reaksiyalar qayd etiladigan mahsulotlarda uchraydi.

    Bu haqda bolalar allergist-immunologi Yevgeniy Varlamov ma'lum qildi, deb xabar beradi iz.ru.

    Uning so'zlariga ko'ra, allergiya bilan og'rigan odamlar uchun dengiz mahsulotlari, xususan, qizil baliq, shuningdek, yong'oq va asal iste'mol qilish og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    Bolalar ovqatlanishi haqida gapirar ekan, Varlamov sitrus, o'rmon va ekzotik mevalar bilan taomlar tayyorlashda ota-onalarni ehtiyot bo'lishga chaqirdi. “Ko'pincha allergiya yertut, qulupnay, malina, qora smorodina va maymunjondan kelib chiqadi”, dedi u o'z intervyusida.