Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar iyul oylarida 18,4 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,3 ming nafarga yoki 30,9 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

— qarindoshlarni yoʻqlash – 2 189 nafar;

— xizmat yuzasidan – 846 nafar;

— tijorat – 44 nafar;

— davolanish – 7 nafar.