Qashqadaryo viloyat transport boshqarmasi masʼulining taʼkidlashicha, yaqin kunlarda Qarshi shahar boʻylab yana 50 ta “Isuzi” rusumli avtobus qatnovi amalga oshiriladi.
Xabarda taʼkidlanishicha, shahar boʻylab 44 ta yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari qaytadan koʻrib chiqilgan. Ushbu yoʻnalishlar oʻrnini toʻliq qoplaydigan 15 ta avtobus yoʻnalishlari aniqlanib, ularning yoʻnalish chizmalari chizib tayyorlandi.
Hozirda ulardan 8 tasi ishga tushirilgan. Fevral oyi boshidan 7 ta yoʻnalishda 50 ta avtobus harakatlana boshlaydi.
Shuningdek, joriy yilda Qashqadaryo viloyatiga Xitoydan yana 30 ta zamonaviy avtobuslar olib kelinishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Nasafnews.uz