Bunda avtomobillar harakatiga fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun ruxsat etildi.
Bundan tashqari Qarshi shahar hokimligi qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya qaroriga asosan shaharda 3-avgustdan boshlab karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi.
4-avgustdan boshlab sartaroshxona va goʻzallik salonlari (maxsus talablar asosida) faoliyatlarini davom ettirishlariga ruxsat etiladi;
shuningdek, epedimiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda karantin talablari yumshatilib boriladi hamda buyum bozorlari, umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat etiladi.