Koʻchkakliklarning azaldan anjirchilik bilan shugʻullanib kelayotgani hisobga olinib, MFYning oʻsish nuqtasi sifatida belgilab olindi. Tuman zaxirasida boʻlgan 29 gektar yer maydonini kooperatsiya asosida 112 nafar temir daftar, ayollar daftari va yoshlar daftariga kirgan fuqarolarga 25 sotixdan ajratildi.
Hisob-kitoblarga koʻra, bir oila 25 sotix yerdan 1 va 2 yillarda qovun va piyoz yetishtirishdan (almashlab ekish) 12,9 mln soʻm, 3 yilda 20,5 mln soʻm, 4 yildan anjir hosilidan 30-35 mln soʻm sof foyda oladi.
Kelajakda anjir quritish sexi tashkil etilib, 224 nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi.