12-iyul kuni soat 17:24 larda Qarshi tumani FVB dispetcherlik xizmatiga “Taxtapul” MFY hududidan o‘tgan ichki yo‘lda harakatlanib ketayotgan qizil rangli “KAMAZ” rusumli avtomobil yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in qutqaruv-bo‘linmasi jalb qilinib, yong‘inga soat taxminan 17:35da yetib bordi va soat 17:54 larda to‘liq o‘chirildi. Yong‘in oqibatida yuk mashinasi qisman zararlandi, yukxonasiga ortilgan somon bog‘lami (press) yondi. 

Aniqlanishicha, yuk mashinasi Koson tumani “Shirinobod” MFYda yashovchi fuqaro S.X boshqaruvida bo‘lgan, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda