Bu yerda sada qayragʻoch koʻchatlarini yetishtirish uchun payvandlash hamda zaruriy agrotexnik ishlarni amalga oshirish boʻyicha tajriba almashildi.

Endilikda Buxoro chinni gujumini Qashqadaryoda ham yetishtirish maqsadida Buxorodagi mavjud sada qayragʻoch daraxt kurtaklaridan olindi va viloyat boʻyicha 50 ming dona payvand qilish rejalashtirildi, deya xabar beradi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi axborot xizmati.