Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Islamov va Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning mart-iyul oylari davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻlib, murojaatchilar bilan muloqot oʻtkazishadi.

Ommaviy qabullar navbati bilan har bir hududda oʻtkaziladi. Navbatdagi qabullar manzili – Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida, Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida joriy yilning 10-13-mart kunlari ish olib boradi.

Ommaviy qabullar oʻtkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan maʼlum qilinadi. Qoʻshimcha maʼlumotlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin.