Musobaqa avvalida Shodiyor baxshi tomonidan kuylangan kuy-qoʻshiqlar uloq-koʻpkariga oʻzgacha xush kayfiyat olib kirdi.
Musobaqa davomida mohir chavandozlar bizga ajdodlardan-avlodlarga meros boʻlib oʻtib kelayotgan milliy anʼanalarimiz boʻlgan ot sportining yangi turlari boʻyicha oʻz mahoratini namoyon etdi.
Shiddatli va qizgʻin bellashuvlar ostida kechgan ushbu bellashuv barchaga birdek xush kayfiyat ulashib, ishtirokchi va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Bu kabi musobaqalarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad yurtimizda Qorabayir zotli otlarning turini koʻpaytirish hamda ushbu sport turini rivojlantirishdan iboratdir.
Bellashuv yakunida gʻolib chavandozlar tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari bilan munosib taqdirlandi.