Unda 2021-yil 01-aprel kuni soat 09:30 larda 18 yoshli B.Mirzohid uning uyida hech kim yoʻqligidan foydalanib, voyaga yetmagan qizi 14 yoshli M.Madinaga yashash uyidan pullarini olib chiqib berishini aytishganini ma'lum qiladi.
Natijada, jami 7 300 AQSH dollar pullarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini maʼlum qiladi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, B.Mirzohid Q.Oybekni daromadli joyda ishlashidan xabar topib, uning voyaga yetmagan qizi 8-sinf oʻquvchisi M.Madinani aldab, u bilan gaplashib yurib, uyidagi pullarini olib chiqib bersa yana oʻrniga qoʻyishga vaʼda qilib ushbu jinoiy rejasini amalga oshirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan B.Mirzohidga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Undan 6 000 AQSH dollar pul mablagʻlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.