Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilib, qidiruvda boʻlgan haydovchi ushlandi

    Voqea-hodisalar 3 Iyun 2025 704

    Ushbu shaxsning transport vositasi belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirildi.

    Qayd etilishicha, Byuro organlari hamda YHXB tomonidan oʻtkazilgan “Auto Con” tadbirlari doirasida 74 marotaba yoʻl harakati qoidalarini buzib harakatlangan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi topildi.

    Maʼlumotlarga koʻra, haydovchi A.U. jami 43,4 million soʻm qarzdorlikni toʻlamagan va mashinasi qidiruvga berilgan.