“Oʻzbekiston” MFY hududidagi reyd davomida Gʻuzor tumani “Pachkamar” MFYda yashovchi fuqaro U. Sh. oʻzi boshqaruvidagi maxsus texnika yordamida noqonuniy tuproq qazib olayotgani aniqlandi.

Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Dehqonobod tumani Ekologiya inspeksiyasi maʼlum qildi. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi bilan 3 000 000 soʻm jarima qoʻllanildi va undirildi.