Qashqadaryoda imtiyozli narxda tarqatilishi kerak boʻlgan koʻmirni sotayotgan shaxslar ushlandi

    Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu shaxslar umumiy bahosi 388,8 mln soʻmlik jami 451,4 tonna imtiyozli koʻmirni qimmat narxlarda sotib yuborganliklari aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, fuqaro R.K. “Koʻmir taʼminot” MCHJning Qarshi shahri koʻmir ombori masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, kuz-qish mavsumida imtiyozli narxlarda aholiga tarqatilishi lozim boʻlgan 70 tonna koʻmirni fuqaro R.X.ga 4 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan dastlab 4 tonna koʻmirni ombordan olib chiqib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.